Oybek ma’naviy merosi – yoshlar uchun ibrat namunasi!

 Poytaxtimizning adiblar xiyoboni  majmuasida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek  ijodi va faoliyatini o‘rganishga doir xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda yig‘ilishda institut rektori Komilova Xolida Xafizovna, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar, yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Talaba yoshlar tomonidan Oybek ijodidagi she’rlar ijro qilindi, hayot yo‘llari esga olinib, asarlari sahna ko‘rinishida namoyon bo‘ldi va yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Tashrif buyurgan mehmonlar Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekni o‘zbek adabiyoti jonkuyari sifatida hamisha xalq bilan hamnafas bo‘lgan adib sifatida yod etib, asarlari borasida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdilar. 

                      Ma’lumot o‘rnida: 2020-yilning 20-may kuni yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida  barpo etilgan adiblar xiyoboni majmuasining ziyorati chog‘ida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga millat adabiyoti tarixida munosib o‘rin tutgan Oybek asarlarini o‘rganish va targ‘ib etish, bugunning raqamli texnologiyalari bilan qurollangan yoshlarning ongiga singdirish vazifasini yukladilar. Ushbu topshiriq yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi o‘z oldiga roman va qissalari, ilmiy-nazariy, siyosiy, publitsistik asarlari, tarjimalari, ajoyib she’rlari, dostonlari hikoyalari hamda o‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan asarlarini tatqiq etish hamda talaba yoshlarda Oybek ijodiga yanada mehr uyg‘otish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifa “Muhim besh tashabbus” ning  yoshlar o‘rtasida keng ommalashishiga turtki bo‘ldi. Sababi, undagi to‘rtinchi tashabbbus hisoblangan kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalasi yuqoriga ko’tarilib, milliy adabiyotimizning zabardast vakillari hayoti va ijodini yanada yuqur o‘rganishga kirishildi. Natijada institut jamoasi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Hozirda Oybek muzeyini tashkil qilish bo’yicha sa’y harakatlar olib borilmoqda. 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan