Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultetining suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash talabalari tomonidan “Bayrog’im faxrim” chellenjiga start berildi

Joriy yil O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qabul qilinganligining 28 yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakultetining Suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ta’lim yo’nalishi 1/1 bosqich talabalari tomonidan #bayrog’im_faxrim chellenjiga start berildi.
Chellenjda guruh talabalari va guruh rahbari bilan birgalikda Buxoro shahrining sayohat maskanlariga tashrif buyirgan holda, bayrog’imiz to’g’risida ma’lumot berilib chellenjga, sayohatga kelgan qo’shni viloyat vakillarini ham cjhorlashdi chellenj joriy yilning 16 – noyabr sanasigacha davom etadi.
Shu narsani hardoim esda saqlashimiz kerakki, davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.


TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan