O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida «Davlat bayrog‘i-vatan timsoli» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng filialning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Akmaljon Sattorov hamda «Teatr san’ati va xalq ijodiyoti» fakulteti dekani Ikromjon Habibjonovlar so‘zga chiqishdi. Ular o‘z so‘zlarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 29 yilligi hamda «Xalqaro talabalar kuni» bilan yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, mavzu yuzasidan keng ma’lumotlar berishdi. Shuningdek tadbirda filialda masofaviy online tarzda o‘tkazilgan «O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi» mavzusi bo‘yicha eng yaxshi videorolik nominasiyasi, filial bosqichida faol qatnashgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida 1-bosqich talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, vatanni madh etuvchi she’r va kuy-qo‘shiqlar barchaga a’lo kayfiyat baxsh etdi.





O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan