Buxoro viloyatida O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan insholar tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokraturasi, Oliy va o’rta mmaxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg’usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovining viloyat bosqichi o’tkazildi. Viloyat bosqichida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialining Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti Suv xo’jali va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ta’lim yo’nalishining 1/1 bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Viloyat bosqichida “Korrupsiya va jamiyat” mavzusida insholar yozildi. Insholarda jamiyatdagi korrupsiya illatlari, korrupsiyaning jamiyat hayotiga ta’siri, korrupsiyaga olib keladigan sabablar, korrupsiyaning jamiyat va davlat uchun katta tahdid ekani, korrupsiyaga qarshi kurashda huquq-tartibot, sud organlari, matbuot va jamoatchilikning roli masalalari yoritilishiga alohida e’tibor berildi.
Kuzatuvchilar va hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan viloyat bosqichida birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rinlarni egallagan tanlov ishtirokchilari Respublikada viloyatimiz shanini himoya qilishlari aytib o’tildi. Tanlov so’ngida insholar tanloviga qatnashgan ishtirokchilar karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda aynan shu mavzuda fikr almashishdi.





Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan