Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Umumrossiya olimpiadasida 1-o’rinni egallashdi

Butunrossiya ommaviy axborot vositalari  – «Intellektual rivojlanish akademiyasi» ta’lim portali tashabbusi bilan masofaviy tashkil etilgan  Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari o’quv yurtlarining 1-5 kurs talabalari uchun maxsus fanlar bo’yicha Butunrossiya olimpiadasida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari faol qatnashmoqdalar.

Shu o’rinda, Buxoro davlat tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi Nodirbek Jiyanboev «Farmakologiya» fanidan talabalar uchun Butunrossiya olimpiadasida 1-o’rinni egalladi.

image001.jpg - 53.32 kB

Uning rahbari – Buxoro davlat tibbiyot instituti «Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi” mudiri Musaeva Dilfuza Maxmudovna elektron minnatdorchilik xati bilan taqdirlandi.
BDTI 1-kurs talabasi Gulrux Sulaymonova talabalar  uchun PM 03 «Hayotning turli davrlarida ginekologik kasalliklarga chalingan ayolga tibbiy yordam» Butunrossiya olimpiadasida 1-o’rinni egalladi.

image002.jpg - 65.09 kB

Uning rahbari – BDTI 1-sonli «Аkusherlik va ginekologiya kafedrasi» mudiri Ixtiyorova Gulchexra Akmalovna ham g’olibni tayyorlagani uchun minnatdorchilik xati bilan taqdirlandi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti 2-bosqich talabasi Dilshoda Fatullaeva «Pedagogika va psixologiya» fanidan bo’lib o’tgan Butunrossiya olimpiadasida 1-o’rinni egalladi.

image004.jpg - 61.54 kB

Uning rahbari, Buxoro davlat tibbiyot instituti «Рedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi» mudiri Gulnoz Nematovna Kurbonova ham minnatdorchilik xati bilan taqdirlandi.

image003.jpg - 63.17 kB

Ishtirokchilarni ajoyib natijalar bilan tabriklaymiz va biz o’z talabalari yutuq’iga qo’shgan hissasi uchun ustozlarga katta minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizga davomiy muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan