Navoiy davlat pedagogika institutida «Ilm-fan va texnikaning rivojlanishida innovatsion yondashuvlar» mavzusida konferensiya o’tkazildi.

Navoiy davlat pedagogika institutida bugun, 20 noyabr kuni «International Journal of Advanced Technology and Natural Science» xalqaro jurnal tahririyati hamda «Faol yoshlar va ilmiy izlanuvchilar» jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda «Ilm-fan va texnikaning rivojlanishida innovatsion yondashuvlar» mavzusida Vazirlik miqyosida onlayn konferensiya o’tkazildi.

Ushbu konferensiya ishida respublikamizning 25 ta Oliy ta’lim muassasalaridan 200 dan ziyod professor-o’qituvchilar, yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar, iqtidorli talaba- yoshlar ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishdi.

Respublikamizda so’ngi yillarda ilm-fanni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasida ko’tarilib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’limni rivojlantirish uchun innovatsiyalari tadbiq etish juda muhim ahamiyat kasb etadi .

Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun nafaqat fan-ta’lim sohasida, balki barcha sohalarda innovatsion yondashuvchanlik muhim ahamiyat kasb etishi konferensiyada ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, ilm-fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalar jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida tatbiq qilinishi o’qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilishi haqida ham atroflicha fikr yuritildi.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo’llanilsa, yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib ulg’aysa, davlatimizning ertangi istiqboli, kelajagi porloq bo’lishiga va yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlarning ro’yobga chiqishiga shak-shubha yo’q.

Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan