O’zDJTUDA HIND TILI MARKAZI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI

2020-yilning 19-noyabr kuni Hindistonning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Janob Manish Prabhat O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonga Toshkentdagi Hindiston Madaniyat markazi direktori Shekhar Chandra hamrohlik qildi.

Tashrif davomida elchi Manish Prabhat O’zDJTU rektori, professor Ulug’bek Azizov boshchiligidagi universitet rahbariyati bilan uchrashdi. Tomonlar fan, madaniyat va ta’lim sohasida o’zaro hamkorlikka doir bir qator masalalarni muhokama qildilar.

Rasmiy uchrashuv davomida  O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida Hind tili markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Muhokamalar yakuniga ko’ra, mazkur markazni hind tili, ingliz tili va boshqa sohalar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, mamlakatshunoslikka oid materiallar, shuningdek, hind milliy musiqa asboblari va texnik jihozlar bilan boyitish kabilarga kelishib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan