HAMKORLIKDA TARAQQIYOT SARI

2020- yil 20- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6108-son Farmonlari ijrosini ta’minlash, salohiyatli yosh kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishni yanada takomillashtirish maqsadida Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Toshkent arxitektura- qurilish instituti o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori R.Xakimov, Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sh.Ergashev, Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor S.Umarxanov, Qurilish fakulteti dekani B.Jamalov, Qurilish-texnologiya fakulteti dekani S.Razzqov va bir qator professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.
Namangan muhandislik-qurilish instituti nomidan rektor Ergashev Sharibboy To‘lanovich va Toshkent Arxitektura-qurilish instituti nomidan rektor Xakimov Ravshan Rashodovich mehnat Qonunlari, Prezident Farmoni va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga asosan ilmiy-tadqiqotlarni, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha mavjud Nizomga asosan o‘zaro kelishilgan holda shartnomaga imzo chekdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan