Filialning 1-bosqich talabalariga darslar an’anaviy ta’lim shaklda boshlandi.

Filialning 1-bosqich talabalariga darslar an’anaviy ta’lim shaklda boshlandi.

Yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida 16 noyabrdan darslar an’anaviy shaklda boshlandi. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialining ikkinchi hamda uchinchi bosqich talabalariga joriy yil 2 noyabr sanasidan boshlab karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda an’anaviy ta’lim jarayonlari boshlangan edi. Bugun, 23 noyabrdan filialning 1-bosqich talabalariga an’anaviy darslar boshlandi. Albatta, birinchi navbatda talabalar va filial xodimlarining salomatligi muhim bo‘lganligi sababli karantin talablariga to‘liq rioya qilinmoqda.
Filialning 1-bosqich talabalari uchun darslar 2 smenada tashkil etildi. Shuningdek, talabalar imkoniyatidan kelib chiqib, o‘z xohishi bilan darslarni onlayn yoki an’anaviy shaklda davom ettirishi belgilandi. Auditoriyalar yana jonlandi, talabalikka endigina qadam qo‘ygan yigit-qizlar uchun «Talabalik kundaligi»ning yangi sahifalari bugundan e’tiboran yozilib boshlasa ajab emas! Ahir, institut bag‘rida kursdoshlar bilan birgalikda ta’lim olishning zavqi o‘zgacha. Talabalar bilan jonli muloqat filial professor-o‘qituvchilarini ham sevintirganini ularning ko‘zlaridagi quvonchdan ilg‘ash mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan