SHUSHA SHAHRINI TURK DUNYOSINING YOSHLAR POYTAXTI DEB E’LON QILISH UCHUN XALQARO KAMPANIYA ISH BOSHLADI

Ozarbayjonning «Yosh islohotchilar» jamoat birlashmasi 2021-yilda Shusha shahrini turk dunyosining yoshlar poytaxti deb e’lon qilish uchun xalqaro kampaniyani tashkil qildi. Bu haqda jamoat birlashmasi raisi Farid Shahbazli ma’lumot berdi.

  •  Ozarbayjon armiyasi Oliy Bosh qo’mondon Ilhom Aliev boshchiligida 30 yil davomida bosib olingan yerlarni dushmandan ozod qilindi.  30 yil davomida qadimgi madaniyat beshigi bo’lgan Shusha zamini, tabiat va madaniy meros kabi tarixiy yodgorliklar bosib olingan. Ayni paytda davlatimiz zarur infratuzilmani, shuningdek, boshqa ishg’ol qilingan yerlarda bo’lgani kabi, Shushada ham tarixiy va madaniy merosni tiklash bo’yicha muhim choralarni ko’rishni boshladi- deya, takidladi  Farid Shaxbazli.

Shaxbazlining so’zlariga ko’ra, Shusha shahri ozod qilingandan so’ng, dunyoning turli burchaklaridan odamlar, ayniqsa yoshlar ushbu qadimiy shaharga tashrif buyurishga va uning tarixiy merosi bilan tanishishga katta qiziqish bildirdilar:

-Biz chet ellik sherik tashkilotlar bilan birgalikda Shusha shahri va Qorabog’ning tarixiy merosini dunyoga tanitish maqsadida 2021-yilda Shusha shahrini turk dunyosining yoshlar poytaxti deb e’lon qilish bo’yicha xalqaro kampaniyani boshladik. Ushbu tashabbus allaqachon Turkiya, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi yoshlari va boshqa turkiyzabon xalqlarning faollari tomonidan yaqindan qo’llab-quvvatlanmoqda.

«Turk dunyosining yoshlar poytaxti Shusha» aksiyasi doirasida turk dunyosining yosh rahbarlari shaharga tashrif buyurishadi, Shusha shahrining tarixiy va madaniy merosiga bag’ishlangan konferentsiyalar va turli tadbirlar o’tkazadilar «, -dedi u.

Yaqin kunlarda aksiyaning tashkiliy qo’mitasi tuziladi va tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlarga murojaatlar yuborilgani ma’lum qilindi.

                                                                               Nazim Bo‘ronov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan