Toshkent pediatriya tibbiyot instituti: Berdaqning hayoti va ijodi bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq dars

2020-yil 25-noyabr kuni Adiblar hiyoboni muzeyida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M.A.Axmedova, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi G.M.Axmedova va Tibbiy pedagogika fakulteti 6-kurs talabalari ishtirokida ochiq dars tashkil etildi. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi G.M.Axmedova tomonidan Berdaq hayoti, ijodi, uning she’r va dostonlari haqida dars davomida to‘liq ma’lumotlar berildi. Ochiq darsdan so‘ng muzeyga ekskursiya uyushtirildi. Git tomonidan muzeydagi eksponat va materiallar haqida talabalar tushuntirildi. Talabalar “Berdaq qoraqalpoq xalqining demokrat shoiri” mavzusida “O‘zbekiston 24” TV kanaliga intervyu berishdi. Har hafta davomida “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan “Berdaq hayoti va ijodi” to‘g‘risida maqolalar chop etilmoqda.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan