Toshkent kimyo-texnologiya institutida Posco International korporatsiyasi Vitse-Prezidenti va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Lee Chang Hoon ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya institutida Posco International korporatsiyasi Vitse-Prezidenti va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Lee Chang Hoon ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Posco International korporatsiyasi hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti 3 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Korporatsiya har yili institutning 10 nafar iqtidorli, kam taʼminlangan talabalariga moddiy yordam koʻrsatib keladi. Korporatsiya Vitse-Prezidenti tashrif doirasida ushbu 10 nafar talabaga faxriy diplomlarini topshirdi. Uchrashuvda Toshkent kimyo -texnologiya instituti rektori Botir Shukurullayevich Usmonov ham ishtirok etib hamkorlik yuzasidan oʻzining iliq fikrlarini bildirib oʻtdi. Lee Chang Hoon talabalarning kelajakdagi oʻqishlari va ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bizning davrimizda bunday tashabbuslar kam boʻlar edi, hozir sizlarni koʻrib havasim keladi va sizlarning quvonchingizdan oʻzim ham zavq olaman – deb taʼkidlab oʻtdi korporatsiya Vitse-Prezidenti
Oʻz navbatida instituti talaba-yoshlari ham korporatsiyaning ushbu tashabbusi uchun minnatdorchilik bildirishdi.
Tashrif doirasida Institut rektori va Posco International korporatsiyasi Vitse-Prezidenti kelgusidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish yuzasidan kelishib oldilar. Tadbir yakunida Kofe-brek tashkil etilib, talaba yoshlar va korporatsiya vakillari oʻrtasida samimiy suhbat boʻlib oʻtdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan