SVMI NF: Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan tadbir

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida 1 dekabr–Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi infeksionist shifokori Guljahon Qalimbetova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv boshqarmasi vakili A.Tanirbergenov, filial professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov ochib berdi. Tashrif buyurgan mutaxassis G.Qalimbetova tomonidan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi qaysi guruhga mansub ekanligi, davrlarga qanday bo‘linishi hamda uning alomatlari haqida talaba yoshlarga batafsil tushuntirilib o‘tdi. Shuningdek, mazkur kasallikning tarqalib ketishiga qarshi respublikamizda amalga oshirilayotgan qator ijobiy ishlar haqida ma’lumot berildi. Tadbir davomida mavzuga oid tayyorlangan videorolik ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. G.Qalimbetova kasallikni oldini olish bo‘yicha filial talabalarga foydali tavsiyalarni berib o‘tdi. Shuningdek, tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan buklet va boshqa tarqatma materiallar tarqatildi. Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan bugungi tadbirda talabalar muhim tavsiyalar va kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.






Filial matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan