Toshkent tibbiyot akademiyasida 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovi va sport musobaqalari o‘tkazildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasida bugun bilim olayotgan yoshlar, yaqin kelajakda tibbiyot yo‘nalishining turli tarmoqlarida faoliyat yurita boshlaydilar. Tibbiyot xodimining eng birinchi vazifasi jamiyatda ildiz otib borayotgan illatlarga qarshi kurashda hamisha hushyor turib, odamlarni ogoh etish. Kasalliklarga qarshi kurashishda targ‘ibotning eng ommabom va ta’sirchan usullaridan foydalanish.
Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlarining bir hafta oldin boshlangan tadbir oldi sa’yu xarakatlari zoye ketmadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining katta sport majmuasidagi musobaqalar zalida o‘tkazilgan ma’naviy–ma’rifiy tadbirda barcha fakultetlar talabalari ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar. Talabalar tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasida yoshlarning SPIDga qarshi ayovsiz munosabati aks etdi.
Butun jahon SPIDga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etilgan nazariy-o‘quv seminarda Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi tezkor xodimlari, Toshkent shahar OITS ga qarshi kurash markaz shifokorlari, hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi professor o‘qituvchilari ishtirok etib, talabalarga OITS kasalligining inson salomatligiga salbiy ta’siri, jamiyatda ildiz otib borayotgan illatlar kushandasi sifatidagi fojeali oqibatlari borasida ma’lumotlar berdilar. Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasi media markazi tomonidan tayyorlangan maxsus video taqdimot, yoshlarda SPID kasalligi va bu ofatni tarqatuvchilarga nisbatan nafrat hissini uyg‘otdi.
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI MATBUOT XIZMATI