Andijonda volontyorlar bellashdilar. Ikkinchi respublika volontyorlar forumi doirasida volontyor yoshlar o‘rtasida “Volontyorlar sog‘lom turmush tarafdori” shiori ostida volleybol musobaqasi o‘tkazildi. Ko‘ngilli yoshlardan tuzilgan jamoalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan musobaqa qizg‘in bahslarga boy kechdi. Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.