Jizzaxda onlayn tarzda Respublika forumi o‘tkazildi

O‘zMU Jizzax filiali va Jizzax politexnika instituti hamkorligida Talabalar Kengashi tashabbusi bilan 200 ga yaqin shijoatli talaba-yoshlarni jamlagan «Future Generation Students» onlayn forumi tashkil etildi.

Forum ochilish qismida O‘zMU Jizzax filiali direktorining forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zini o‘qib eshittirish uchun Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Axatov A.R. va Jizzax politexnika instituti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Tavboyev S.A. ma’ruza qilib, ishtirokchilarga omad tiladi.

O‘z sohasining tajribali mutaxasislari Ulug‘bek Po‘latov, Otabek Musurmonov, Xurshid To‘xtayev, Farzona Adilova, Bobur Nomurodov, Okanov Sayfiddin va Moxlaroyim Zulunovalar liderlik, Davlat mukofotlari, blogerlik va volontyorlik mavzularida forum ishtirokchilariga ajoyib mahorat darslari o‘tib berdilar.

Yurtboshimizning joriy yildagi Parlamentga murojaatnomasidagi yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini unumli sarflash yo‘lida Talabalar Kengashi Prezidenti Raxmatov Dilmurodning ushbu tashabbusi forumni haqiqiy mahorat maktabiga aylantirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan