SamVMI NF: «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!»

So‘nggi yillarda jamiyatimizning faol qatlamiga aylangan xotin-qizlarning har jabhada faollik ko‘rsatayotganligi barchamizga ma’lum. Davlatimizda ularni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlarini himoyalash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 25 noyabr – Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish Xalqaro kuni. Ushbu sana munosabati bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unga Axborot-resurs markazi bo‘limi boshlig‘i J.Xalmuratova, psixolog M.Allamuratova hamda talabalar ishtirok etishdi Filialning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Eshmuratova davra suhbatini ochib berdi va olib bordi. Ushbu dolzarb mavzu yuzasidan J.Xalmuratova o‘z fikrlarini hayotiy misollar bilan bildirib o‘tgan bo‘lsa, psixolog tomonidan talaba yoshlarga mamlakatimizdagi gender tenglik masalalari bo‘yicha batafsil tushuncha berildi. Shuningdek, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmuni hamda mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Erkin tarzda olib borilgan davra suhbati davomida talabalar ham mavzu bo‘yicha o‘zlarining atroflicha fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yakunida G.Eshmuratova tomonidan tayyorlangan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashga chaqiruvchi slayd hamda videorolik ham namoyish etildi. Har bir ayolning qalbi ham tashqi ko‘rinishi kabi go‘zal. Ularga zo‘ravonlik ko‘rsatish emas aksincha, mehr va e’tibor berish kerak.



Filial matbuot xizmati

One thought on “SamVMI NF: «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!»

  1. Assalomu alikum men surxondaryodan yozyabman yoshim 25da ismim Zebo meni fikrim bu bu gaplariz xuruq safsata xolos chungki qanchadan qancha qishloqlarimizda xotin qizlarimiz xoru zor bòlib kimningdir xurligiyu zòrligiga chidab yashashga majbur bòlib yashashyabdi xarqanday it erkaklarni dastidan molday tayoq ostida yashayabdi bu qonun qoidaalr faqqat shaxarlar uchun amal qiladi bizga òxshagan qishloq ayollari xorlanib zòrlanib yashayabmiz bizlar ga emas bunga òxshagan qonunlar deyarli kòppi shunday qonunlarni bizgacha yetib kelmaydi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan