Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi: Bolalar quvonchiga qo’shilga hissa…

Bolalar quvonchiga qo’shilga hissa…

Toshkent kimyo-texnologiya instituti jamoasi 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Shayxontohur tumanidagi 37-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi. Shu kuni maktabga bir qancha tashkilotlar ham tashrif buyurib, har bir tashkilot imkon qadar bolalar quvonchi uchun oʻz hissalarini qoʻshishdi.
Bolalar uchun chiroyli konsert dasturi tashkil etilib, turli kuy qoʻshiqlar, sahna chiqishlari namoyish etildi. Institut jamoasi esa bayram dasturxoni uchun turli shirinliklar, mevalar, sharbatlar taqdim etdilar.
Bundan tashqari, Yoshlar ittifoqining institutimizdagi boshlangʻich tashkiloti faol talaba-yoshlari maktab tarbiyalanuvchilariga turli sovgʻalar berdilar, bayram dasturida ham faol ishtirok etishib, bolajonlarning quvonchlariga oʻz hissalarini qoʻshishdi. Tadbir yuqori kayfiyatda o’tib, tadbir so’nggida bolajonlar bayram dasturxoniga taklif etildi.






Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan