Parij xalqaro moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorlik ishlari davom etmoqda

Joriy yilda Parij xalqaro moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakulteti Toshkent Fransuz Alyansi bilan bilan hamkorlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda X.H.Kamilova, D.K.Axmedov, U.Raxmatullayeva, M.Sh.Shomansurova, N.M.Artikbayeva, D.Shoxobuddinova, D.Obidova hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Mazkur yig‘ilishning asosiy maqsadi talabalarning til o‘rganishi bo‘yicha bilimlarini oshirishdir.
So‘zga chiqqanlar tomonidan talabalarga Parij xalqaro moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakultetida tahsil olish, amaliyotini Fransiyada o‘tash uchun fransuz tilini mukammal o‘rganish lozimligi ta’kidlandi.
Toshkent Fransuz Alyansining direktori D.K.Axmedov talabalarni Parij xalqaro moda Akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakultetining talabasi bo‘lganliklari bilan tabrikladi hamda Toshkent Fransuz Alyansining tarixi bilan tanishtirdi. Yig‘ilganlar esa o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish keraki, Toshkent Fransuz Alyansi 2015-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda 132 ta davlatda 800 dan ortiq Toshkent Fransuz Alyansi faoliyat olib borayotgani, O‘zbekistonda esa Toshkent Fransuz Alyansi hamda uning filiallari Namangan va Buxoroda tashkil etilgan. Toshkent Fransuz Alyansining maqsadi O‘zbekistonda talabalarga Yevropa standartlari darajasida ta’lim berishdar iboratdir. Toshkent Fransuz Alyansida DELF, DALF, TCL, TCF darajalari mavjud. 2015-yildan hozirgi kunga qadar, 2177 talaba tahsil olgan hamda 100 nafardan ortiq talabalar DELF, DALF, TCL, TCF darajalarini olgan.
Toshkent Fransuz Alyansida hozirgi kunda quyidagi madaniy tadbirlar tashkil etilgan.
-konferensiyalar,
-moda namoyishlari,
-ko‘rgazmalar,
-kino-klublar,
-turli o‘yinlar,
-baxs munozaralar.
Toshkent Fransuz Alyansida kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, 8000 ortiq kitoblar mavjud. Ushbu kutubxona Markaziy Osiyoda eng katta Fransuz kutubxonasi hisoblanadi. Bundan tashqari, Fransiyada o‘qishni xohlovchilar uchun CAMPUS FRANCE ga murojaat qilishlari mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan