Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti ustoz va talabalari «Qarshi muruvvat uyi»ga tashrif buyurishdi.

Mehri borning sehri bor

“Dunyo aholisining “eng katta ozchiligini” tashkil etuvchi nogiron kishilar, odatda, nogiron bo‘lmagan kishilardan farqli o‘laroq, sog‘ligi sustroq, ta’lim sohasidagi yutuqlari kamroq, iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan va moddiy sharoiti ham yomonroq bo‘ladi. Buning sababi ular uchun yaratilgan qulayliklarning (masalan, axborot texnologiyalari, sud tizimi, transport vositalarining) yetishmovchiligidir. Bunday yetishmovchilik ularning har kunlik hayotida ko‘plab to‘siqlarni tug‘diradi.
Shu munosabatlar bilan Xorijiy tillar fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari N.Suyarov, Yoshlar Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining fakultet yetakchisi D.Ravshanov hamda bir guruh talabalar tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatidagi imkoniyati cheklangan bolalarga mexr ulashishga ko‘maklashish maqsadida “Cherity box” loyixasi doirasida talabalar hayriya aksiyasi o‘tqazildi. Aksiyada fakultet talabalari faol qatnashishdi.
Fakultetdagi tadbirlardan so’ng bir guruh faol talabalar “Qarshi muruvvat uyi” ga tashrif buyurib u yerda tahsil olayotgan talabalarga turli sovg’alar ulashdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan