Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali: “Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi”

Bosh Qomusimizning qabul qilinganligiga 28 yil to‘lishi munosabati bilan yurtimizda yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida turli tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida “Konstitutsiyamiz — baxtimiz qomusi” mavzusida tashkil etilgan tadbir ham shular jumlasidan bo‘ldi. Unda filialning Rus-tili va adabiyoti yo`nalishi 1 bosqich talabalari konstitutsiyaviy bilim, huquq va majburiyatlarini puxta egallashayotganliklarini namoyon etishdi. Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘z haq-huquqlarini puxta bilish va uni hayotda qo‘llay olish har bir insonning jamiyatda mustahkam o‘rin egallashlariga zamin yaratadi. Shu bois ta’lim mauassasalarida ham talaba yoshlarning mamlakatimizda joriy etilayotgan qonunlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishib borishlari eng muhimi Konstitsiyamizda belgilab qo‘yilgan moddalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Filialda bo‘lib o‘tgan tadbirda ham talaba yoshlar faol ishtirok etishib, darslarda o‘zlashtirayotgan huquqiy bilimlarini turli chiqishlar orqali ko‘rsatib berishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati muhim sanaladi. Shunday ekan, uning ma’no-mazmunini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirishda bu kabi tadbirlarning muntazam ravishda o‘tkazilishi katta ahamiyatga ega.Tadbirda talaba yoshlar nafaqat bilimi balki, mahorati, iste’dodlarini ham badiiy chiqishlar orqali ko‘rsatishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan