TIQXMMI Buxoro filialida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi haftaligi davom etmoqda

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan e’tibor, ularni qo‘llab – quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani o‘g‘il-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.
4-dekabr kuni TIQXMMI Buxoro filialning “Madaniyat saroyida” filial direktori va birrinchi bosqich Gidromelioratsiya fakultetining yoshlari bilan “Rahbar va yoshlaar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirni filialimiz direktori F.O’.Jo’rayev 2019 yilning 27-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvda yoshlarga aytgan fikrlari bilan ochib berdilar.
Filial direktori nutqlari davomida prezidentimizning yoshlarga bildirgan fiklari, endilikda yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalaridagi o’zgarishlar haqida to’xtalib o’tdilar.
Do‘stona o‘tgan uchrashuvga yig‘ilgan talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalari, yutuqlari va kelajakdagi rejalari haqida gapirdilar. O‘z navbatida uchrashuvga taklif qilingan professor-o’qituvchilar va bo’lim boshliqlarri ham o‘zining talabalalik yillarini xotirladi, o‘tmish va bugunni solishtirib, yoshlik yillaridagi voqealardan so‘zlab berdi.
Gidtexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish ½ guruh talabasi Jumaqulov Umrzoq o’z so’zida – men hozir birinchi bosqich talabasiman. Xudo xoxlasa o’z oldimga katta niyat qo’ydim. Bizdan oldingi filialimiz talabalari erishgan yutuqlarini davom ettirgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti bo’laman deya faxr ila aytdi. Shundan keyin Gidrotexnika qurulishi ½ guruh talabasi Ozodbek Hazratov esa – eng avvalo manashunday uchrashuvni tashkil qilganingiz uchun sizga barcha talabalar nomidan tashakkur bildiramiz, filialda onlayn o’qish davrida ham darslarni o’z vaqtida tashkil qilib, bizga kerakli bilimlarni bergan ustozlarimizga, qolaversa bugungi kunda an’anaviy ta’lim shakliga o’tib filialning sehrli partalarida ta’lim olayotganimiz uchun, shu bilan birga bizga o’qib ta’lim olishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotganingiz uchun filialimiz rahbaryatiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz deya o’z fikrini bildirdi.
Bugungi tadbirni noodatiy tashkil etilganidan maqsad ham yoshlar bilan yanada yaqin bo‘lish, ular ichiga kirib borish, kerak bo‘lsa ular bilan birga orzu qilishdir. Jamiyatimizga o‘zgacha yondashuvga ega, salohiyati baland va yangicha fikrlaydigan yoshlar kerak. Biz bu davradan ana shunday yoshlarimizni topamiz.
Ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdi.









TIQXMMI Buxoro filiali matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan