SamVMI NF: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

Joriy yil tarixiy hujjat hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligiga 28 yil to‘ldi. Mana shu ulug‘ sana munosabati bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari Q.Bekmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining sudyasi P.Doshmuratov, filial professor o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining madhiyalari yangradi. O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov tadbirni ochib berib, davlatimizda fuqoralarimizning huquq va erkinliklarini Bosh qomusimiz ta’minlashini alohida ta’kidlab, bayram munosabati bilan barchani muborakbod etdi.
Shundan so‘ng tashrif buyurgan mehmonlar so‘zga chiqib, Konstitutsiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlar hamda farovon turmushimizning qonuniy kafolati, davlatimiz siyosatining asosiy tamoyillaridan biri qonun ustuvorligi ekanligi haqida batafsil aytib o‘tdilar. Bundan 28 yil avval qabul qilingan Bosh qomusimiz barcha qonunlarimizning asosi hisoblanishi ham ta’kidlab o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir davomida zalda haqiqiy ko‘tarinki bayram kayfiyati sezilib turdi. Iqtidorli talabalarimiz ishtirokidagi bayram tadbiri barchaga birdek yaxshi kayfiyat bag‘ishladi.

SamVMI Nukus filiali
Matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan