Toshkent tibbiyot akademiyasi: “Konstitutsiya-farovon hayotimiz poydevori” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba yoshlari ishtirokida boʼlib oʼtgan “Konstitutsiya-farovon hayotimiz poydevori” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir orqali OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI KONSTITUTSIYasi tirik xujjat sifatida eʼtirof etildi. Undagi har bir satr, har bir modda hayotimizning oltin qoidasiga aylanib, qalblarimizga joylashmogʼi, har bir fuqaro hayotiga singib ketmogʼi uchun biz Konstitutsiyamizni chuqur oʼrganishimiz, mazmun va mohiyatini anglab yetishimiz, muhimi bu xujjatga soʼzsiz amal qilishni muqaddas burchimiz deb bilmogʼimiz zarurligi taʼkidlandi.
*
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan uzluksiz maʼnaviy tarbiya konseptsiyasi ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni keng miqiyosda oʼtkazish rejalashtirilgan edi. Toshkent tibbiyot akademiyasida oʼtkazilgan maʼnaviy – maʼrifiy tadbir mohiyati jihatidan ana shu hamkorlikni oʼzida mujassam etdi. Talaba-yoshlar qalbida ona Vatanga cheksiz muhabbat, davlat ramzlariga nisbatan yuksak faxr-iftixor singari tuygʼularning yanada chuqurroq ildiz otishiga hissa qoʼshdi.
*
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligin 28 yillik shodiyonasiga bagʼishlangan tadbir Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Аlisher Shodmonovning qizgʼin tabrigi hamda Bosh qomusimizni chuqur oʼrganib, kundalik hayotimizga tadbiq etishdagi fuqarolik burchimiz va yuksak masʼuliyatga daxldorligimiz toʼgʼrisidagi mulohazalari bilan boshlandi.

*
Shundan soʼng, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oliy taʼlim muassasalari bilan ishlash boʼlimi boshligʼi Nodira Doʼstxoʼjaeva, Toshkent shahar prokurorining katta yordamchisi Аlisher Mingbaev, Аkademiyaning maʼnaviyat ishlari boʼyicha prorektori Turdiqul Bobomuratovlar soʼzga chiqib, Oʼzbekiston Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, rivojlangan davlatlarning tajribasidan kelib chiqadigan umuminsoniy va umumbashariy qadr –qimmati haqida soʼz yuritdilar. Davlat va jamiyat rivojining muhim yoʼnalishlari va tuzilishini belgilab beradigan, tartibga keltiradigan oliy yuridik hujjat saalmish konstitutsiyamizning bugungi taraqqiyotimizni yangicha dunyoqarash bilan boyitayotgan huquqiy jihatlariga alohida toʼxtaldilar. Bosh qomusimizdan oʼrin olgan tegishli moddalarning tibbiyot sohasidagi islohotlar mazmundorligini taʼminlashdagi oʼrnini eʼtirof etdilar.
Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli talaba yoshlaridan iborat “Navo-Shifo” badiiy xavaskorlik jamoasi tamonidan tayyolangan kichik badiiy kompozitsiya va teatrlashtirilgan sahna koʼrinishlarida xalqimizning huquqiy demokratik fuqarolik jamiyat barpo etish yoʼlidagi fidokorona xatti xarakatlari, erkin, farovon hayot qurishdek orzu maqsadlar yoʼlidagi mardonavor kurashlari aks etdi.
1992 yil 8 dekabrь. Bu sana mamlakatimiz tarixi sahifalariga alohida umumxalq bayRami sifatida zarhal xarflar bilan qayd etilgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba yoshlari ishtirokida boʼlib oʼtgan tantanali tadbir orqali, OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI KONSTITUTSIYasi tirik hujjat sifatida eʼtirof etildi. Undagi har bir satr, har bir modda hayotimizning oltin qoidasiga aylanib, qalblarimizga joylashmogʼi, har bir fuqaro hayotiga singib ketmogʼi uchun biz Konstitutsiyamizni chuqur oʼrganishimiz, mazmun va mohiyatini anglab yetishimiz, muhimi bu hujjatga soʼzsiz amal qilishni muqaddas burchimiz deb bilmogʼimiz zarurligi taʼkidlandi.
Zero, Konstitutsiyamiz nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramiz, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy qarashlarimizga asoslanib umuminsoniy gʼoyalarni harakatlantiradigan oliy maqsadlarimizga ham xizmat qiladi.







Toshkent tibbiyot аkаdemiyasi mаtbuot kotibi Gulchehrа Mirzаyevа

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan