TDPUda Madhiyaning 28 yilligi keng nishonlandi

Madhiya – inson qalbida o’z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bor har qanday kishida milliy g’urur, faxr va eng muhimi yurtga mehr uyg’otadi. Bu milliy timsolda xalqning o’tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o’yi, maqsadlari tarannum etadi. Ushbu milliy ramzimiz – O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 28 yil to’lganligi munosabati bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Vatanim madhiyasi – faxrim, g’ururim” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayro’gi tantanavor tarzda sahnaga olib chiqildi, universitetning talabalardan iborat xor orkestri ijrosida Madhiya ijro etildi. Tadbirni TDPU rektori Alisher Umarov kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Mirzohid Botirov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʼzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Bayram dasturi davomida universitetning iqtisdorli talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, yig’ilganlarda haqiqiy bayram kayfiyatini tuhfa etdi.









Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan