TDYUda “Madhiyamiz – sha’nimiz!” nomli ma’naviy tadbir o’tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabat bilan TDYU ning “Madhiyamiz – sha’nimiz!” nomli ma’naviy tadbir

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlangan “Madhiyamiz – sha’nimiz!” nomli ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlandi, so‘ngra tadbirni tabrik so‘zi bilan universitet rektori Raxim Rasuljonovich Xakimov ochib berdi.
So‘ngra, tadbir mehmoni OO‘MTV huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Mirzoxid Botirov so‘z olib, madhiyamiz so‘zlarining mazmun-mohiyati, tarbiyaviy ahamiyati, ma’naviy asoslari to‘g‘risida fikrlar bildirib, ushbu davlat ramzi xalqimiz tarixini, mehmondo‘stligi va haqsevarligini anglatishiga urg‘u berdi.
So‘zga chiqgan Umumta’lim fanlari kafedrasi dosenti Raxmon Qo‘chqor madhiyamizning yaratilish tarixi, uning musiqasi va she’rining mualliflari haqida to‘xtaldi. Madhiyaning huquqiy asoslarini sharhlash va talabalarga sodda tarzda tushuntirish ishlarini olib bordi. 1990-1992 yillardagi tahlikali vaziyatlarga qaramasdan davlat ramzlariga alohida e’tibor qaritilganligini katta ehtiros bilan ta’kidlab o‘tdi.
Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori yu.f.d. Mavlyuda Axatovna Axmedshayeva ham so‘z olib, madhiyalarning dunyo davlatlaridagi matnlari, o‘zgachaliklari va nazariy masalalari to‘g‘risida dolzarb masalalarni ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida o‘ziga xos feedback usuli qo‘llanilib, talabalarning madhiya mazmun-mohiyati va o‘z fikr mulohazalari tinglandi. Ular tomonidan berilgan savollarga Ustozlar tomonidan asosli javoblar berildi.
Muxtasar qilib ta’kidlaganda, tadbir ko‘taringki ruxda o‘tkazilib, nafaqat ma’naviy balki ilmiy va talabalar fikrlari hamda dunyoqarashini kengaytiradigan ko‘plab foydali ma’lumotlar ulashadigan samimiy tarzda o‘tkazildi.









Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan