Bugun 10-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Yurt madhiyasi muqaddas qo‘shiq!” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda universitet rektori G.Rixsiyeva hamda el ardog‘idagi shoira Sharifaxon Salimova qatnashdi.