Andijonda yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyat boshladi

Bugun Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon viloyati xokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Viloyat rahbari tadbir mobaynida 2020-2021 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ham uchrashuv o‘tkazib, ularni talabalikka qabul qilinganligi munosabati bilan muborakbod etdi. Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, mehnat faxriylari ishtirok etdilar.
Ma’lumot uchun, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish mablag‘lari jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan o‘quv binolarini joriy ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun 2 mlrd 485 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘larni
2 mlrd so‘mi o‘quv binolarini joriy ta’mirlash ishlariga 485 mln so‘mi esa jihozlash uchun sarflandi.

Andijon viloyati hokimligi MATBUOT XIZMATI

One thought on “Andijonda yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyat boshladi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan