O’zDSMI: 10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

Har safar davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yangi kunni, yangi tongni kutib olar ekanmiz, qalblarimizda shu muqaddas vatandan faxrlanish tuyg‘ulari jo bo‘ladi.Ushbu qo‘shiqning chuqur ma’noga ega har bir satri, mardonavor va sohir ohangi bizni o‘ziga maftun etadi.
Dunyo hamjamiyati bilan xalqaro munosabatlarni o‘rnatish, umumxalq bayramlari, yirik tadbirlar, tantanali marosimlar avvalida madhiyamiz yangrashi qalblarimizga g‘urur bag‘ishlaydi. Ayniqsa, xalqaro miqyosda vatandoshlirimiz, yoshlarimizning ilm-fan, sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarilib, davlat madhiyasining yangrashi o‘zini “shu yurtning farzandi”, – deb bilgan har inson qalbiga faxr, iftixor tuyg‘ularini bag‘ishlashi bor haqiqat.
Bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Ushbu tantanali marosimda institut rahbariyati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, institut professor o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlarlar tomonidan madhiyamizning yaratilish tarixi, uning O‘zbekiston davlatchiligida tutgan ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O‘zbekiston Qahramoni, shoir Abdulla Oripov she’ri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug‘ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.
Madhiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar e’tiboriga institut jamoasi tomonidan tayyorlangan badiiylashtirilgan dastur namoyish etildi. O‘zbekistonnni, barchamiz uchun muqaddas bo‘lgan shu zaminni ulug‘lovchi qo‘shiqlar aytildi. Raqslar ijro qilindi.










Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan