«Paqildoq-paqillatmang»

Yangi yil bayrami arafasida shaharu qishloqlar, ko‘cha-yu xiyobonlar yanada ajoyib qiyofa kasb etadi. Maydonlarda bezatilgan archa atrofida bolajonlarning shodon kulgisi tutadi. Quvonchli kunlardan mamnunlik tuyib, Yangi yil ayyomini shodon kutib olishga nima yetsin?!
Shunday deymizu, lekin ayrim yoshlar salomatligimiz uchun xavfli bo‘lgan “paqildoq”, ya’ni pirotexnika vositalarini xushnudlikning bir qismi, ermak deb bilib sho‘xlik qilishadi.
Ayniqsa, yangi yil bayrami yaqinlasharkan, ko‘cha-ko‘yda turli “paqildoq”lar tovushi ko‘payib qoladi. Balki bu bolalar uchun qiziqdir, biroq uyda bemor yotgan yoki dam olayotgan kishilarga yoqmasligi aniq. Yo bo‘lmasa, xayol bilan ko‘chada ketayotgan kishi, deylik, homilador ayol oyog‘i ostida “portlash” sodir bo‘lsa, oqibati noxushlik bilan tugashi tayin. Qolaversa, “paqildoq”lar undan foydalanayotgan bolalarning o‘zi uchun ham xavfliki, birgina xato bir umrlik iz qoldirishi mumkin. Shunday ekan pirotexnika buyumlaridan foydalanish oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar, bayram kayfiyatini buzuvchi, salomatligimizga putur yetkazuvchi noxushliklarning oldini olaylik. Zero, mamlakatimizda pirotexnika buyumlaridan foydalanish taqiqlangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan