«Uzbekistan GTL» kompaniyasining 2020-2021 o‘quv yili uchun stipendiya dasturi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

2020-yil 12-13-dekabr kunlari GTL zavodida «Uzbekistan GTL» stipendiyasi dasturi g‘oliblari va faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi hamda qurilayotgan zavod taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov ishtirok etdi.

Vazir o‘rinbosari iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlayotgani va yosh mutaxassislarga hayotda o‘z o‘rnini topishida yordam berayotgani uchun  «Uzbekistan GTL» MChJ rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.
UzGTL stipendiyasi sovrindorlarga bir yil mobaynida oylik stipendiya belgilanadi va o‘qishning so‘nggida sohasi bo‘yicha ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek zavod syex va bo‘limlarida stajirovka o‘tash, ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarida qatnashish uchun sharoit yaratiladi.
Tadbirda, shuningdek, tanlovda faol qatnashgan 18 nafar talaba ham sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ham amaliyot o‘tash imkoniyati yaratildi va kadrlar rezerviga qabul qilindi.

Tadbir so‘nggida yurtimizning 7 ta OTM Uzbekistan GTL zavodi va Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi o‘rtasida hamkorlik yanada kengaytirish bo‘yicha uch tomonlama memorandumlar imzolandi.











Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan