Axborot texnologiyalari va uning rivoji

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari(IT) sohasi rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy hamda maishiy hayotdagi har qanday faoliyat turiga kiruvchi yumushlarni samarali yakunlashni bugungi kunda ushbu vositalarsiz tasavvur etish qiyin. Barchamiz IT qurilmalaridan soatiga bir necha marotabalab foydalanishimiz ham hech kimga sir emas. Biroq ko’pchilik axborot texnologiyalari nima deganda, bu so’zning ta’rifini aytishga qiynalishadi.
MBM kompaniyasining mijozlari bu kabi savollarga javobni to’liq bilishlari shart. Ayni shu maqsadda axborot texnologiyalari haqida bir qancha ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz:
Axborot texnologiyasi – axborotni to’plash, saqlash, izlash va unga ishlov berish hamda uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usul va jarayonlardir.
Ushbu atama odatda kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining sinonimi sifatida ishlatiladi, ammo u boshqa axborot tarqatish texnologiyalarini, masalan, televizor va telefonlarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiyotning bir qator mahsulotlari yoki xizmatlari ham axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuter uskunalari, dasturiy ta’minot, elektronika, yarimo’tkazgichlar, internet, telekomunikatura va elektron tijorat bilan bog’liq hisoblanadi.
Amaldagi saqlash va qayta ishlash texnologiyalari tarixiga asoslanib, IT sohasining rivojlanishini to’rtta bosqichga ajratib ko’rsatish mumkin:
– mexanikadan oldingi (mil. avv. 3000 – 1450 yil);
– mexanik (1450–1840);
– elektromexanik ( 1840–1940)
– elektron (1940 – hozir).
Axborot texnologiyalari axborot tizimlari bilan chambarchas bog’liq. Axborot tizimi aniq bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimlarini boshqarish, amaliy sohalar darajalari o’rtasidagi farqlarni, shuningdek, tashqi holatlarni e‘tiborga oladi va boshqarish funksiyasini samarali yakunlash uchun zarur axborotnigina beradi.
Axborot tizimi – axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi ishini ta‘minlovchi jarayonlar funksional bloklardan iborat bo’ladi.
Axborot texnologiyalari kompyuterda saqlanuvchi ma‘lumotlar ustidan turli murakkablik darajasidagi amallarni bajarishning aniq reglamentli qoidalaridan tashkil topadi.
Axborot tizimi funksiyalarini unga yo’naltirilgan axborot texnologiyalarini bilmasdan turib, amalga oshirib bo’lmaydi. Axborot tizimlari qaysi sohada qo’llanishidan qat‘i nazar, axborot tizimining ta‘minotlari deb yuritiladigan komponentalarni o’z ichiga oladi. Bular dasturiy, texnik, huquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta‘minotlar hisoblanadi.


O’tkurov Mahmudjon
TATU Dasturiy Injinering fakulteti talabasi,

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan