Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva ishtirokidagi tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli yoshlari ham faol ishtirok etdilar.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi paviloni bugun ertalabdan talaba yoshlar bilan gavjum boʼldi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva ishtirokidagi tadbirda barcha oliy oʼquv yurti talabalari singari Toshkent tibbiyot akademiyasining iqtidorli yoshlari ham faol ishtirok etdilar.

Talaba:Nargiza Yusupova:
– Kuni kecha mamlakatdagi eng nufuzli tibbiyot oliygohning talabasi boʼlib behad quvongandim. Bugungi katta anjumandagi ishtirokim, talabalik yillarimdagi xotiralarimning eng mazmunlisi boʼlib qolishiga ishonaman. Barcha oliy oʼquv yurtlari singari biz ham oʼzimizga ajratilgan pavilonda 5 muhim tashabbus yoʼnalishidagi ijodiy ishlarimiz aks etgan kichik koʼrgazmani tashkil etdik. Oʼzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva Toshkent tibbiyot akademiyasi talaba yoshlari bilan samimiy muloqoti chogʼida 5 muhim tashabbus yoʼnalishidagi iqtidorimiz va salohiyatimizga alohida urg’u berib, bizning sanʼat va madaniyat, hunarmandchilik , kitobxonlik, sport va sogʼlom turmush tarzi targʼbotidagi ishtirokimiz, kompyuter texnologiyalari borasidagi ijodiy qiziqishlarimiz haqida soʼradilar. Tendoshlarim Аhadjon Hamilov, Turon Rustamov, Fazilat Muxiddinova, Dinara Oʼktamova hamda ustozlarim davrasida Oliy Majlis Senati raisining biz yoshlarga bunday eʼtibori mening bir faxrimga ming faxr qoʼshdi. Mamlakatimiz boʼylab davom etayotgan 5 muhim tashabbus doirasidagi qizgʼin harakatlarning safida ekanligimdan quvondim. Аnjumanda taʼkidlanganidek, taʼlim va tarbiyaning samarali integratsiyasini yaratishda talabalar bundanda faol boʼlib, boʼsh vaqtilarini mazmunli, muhimi foydali mashgʼulotlarga sarflasa oʼzlashtirlayotgan bilimlar yanada chuqurlashib, oldimizga qoʼygan maqsadlarimiz tomon harakatlarimiz yanada dadillashadi.

Аnjumanning nazariy qismida barcha vazirlik va idoralar mutassaddilarining yoshlar tashabbuslarini qoʼllab quvvatlash, ular iqtidorini roʼyobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etayotgan 5 muhim tashabbus doirasidagi ishlar koʼlamini bundanda kengaytirish yuzasidan axboroti tinglanib, takliflar eshitildi.
Аnjumanda Oliy Majlis Senati raisi tashabbuslarning yangi yoʼnalishlarini tashkil etib, yurtimiz yoshlarini yanada jipslashtirish zarurligini taʼkidladi. 5 muhim tashabbus doirasidagi ishlar nafaqat davlat idoralari va muassasalari balki, xususiy sektorda band boʼlgan yigit -qizlar ayniqsa, uyushmagan yoshlar orasida ham keng targʼib etilib, bu safni kengaytirishga barcha birday masʼulligini taʼkidlandi. Zero, Oʼzbekistonda bolalarning begonasi yoʼq.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan