TDPU Termiz filiali «Matematika va informatika fanlarini o‘qitish metodikasi» kafedrasini yillik ish rejasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali «Tabiiy va aniq fanlar» fakulteti «Matematika va informatika fanlarini o‘qitish metodikasi» kafedrasini yillik ish rejasiga binoan professor-o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslar o‘tkazish va tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.
Matematika fizika fanlari nomzodi dotsent Xaydar To‘raev 16-dekabr kuni «Matematika o‘qitish metodikasi» yo‘nalishining 2-bosqich talabalari ishtirokida, «Matematik analizning elementar matematikaga tadbiqlari» fanidan “Funksiya hosilasining tenglama va tengsizliklarni yechishga tadbiqlari” mavzusi bo‘yicha ochiq dars mashg‘ulotini o‘tkazdi. Ochiq darsga filialning professor-o‘qituvchilari tashrif buyurishdi.
Ochiq dars jarayonida :
1. Boshlang‘ich tushunchalar.
2. Tekshirib ko‘rish metodi.
3. Vatarlar metodi.
4. Urinmalar metodi.
5. Tengsizliklarni yechish.
Metodlari bo‘yicha talabalarga keng tushunchalar berildi. Dars so‘ngida faol talabalarni rag‘batlantirish maqsadida, ularning sohalari bo‘yicha kitoblar sovg‘a qilindi. Shundan so‘ng, mutaxassis professor-o‘qituvchilar Matematika fizika fanlari nomzodi dotsent Xaydar To‘raevning talabalar va professor o‘qituvchilarga o‘tib bergan ochiq darsi muhokama qilinib bir ovozdan a’lo bahoga loyiq deb baholandi. Albatta, bu kabi tadbirlar o‘quvchi yoshlarning bilim olish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir. Ularga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarga javoban yoshlar turli sohalarda salmoqli natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Zero, talaba yoshlar ertamiz davomchilaridir.




Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan