Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatovning Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muasasalariga tashrifi

2020-yil 16-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Y.Absoatov Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muasasalariga tashrif buyurdi. Vazir o‘rinbosari Y.Absoatovni Farg‘ona davlat universiteti rektori R.Maqsudov kutib oldi.
Vazir o‘rinbosari Y.Absoatov, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi direktori M.Botirovlar universitetga tashrif chog‘ida, universitetda tashkil etilgan “Gender tengligi masalalari bo‘yicha tadqiqotlar markazi” hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti qoshidagi “Bolajon” innovatsion markazini ko‘zdan kechirdilar. Bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.
Universitet o‘quv jarayonlari, talabalar turar joylari va ularga yaratib berilgan imkoniyatlar bilan tanishib chiqdi.
Farg‘ona politexnika instituti talabalar turar joyi ma’naviyat markazida Farg‘ona viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Y.Absoatov oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy, yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mazkur jarayonda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlarining ishtiroki masalasiga alohida to‘xtaldi. Yig‘ilishda dekan o‘rinbosarlari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va natijadorligini yanada yuksaltirish yuzasidan taklif-muloxazalarini tingladi. Farg‘ona davlat universitetidan dekan o‘rinbosarlari O‘.Rajabov, R.Madaliyev, S.Yusupova O.Erkaboyevlar so‘zga chiqib universitetda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan yutuqlar shuningdek, tizim samaradorligini yanada oshirsh maqsadida takliflarini bildirishdi.
Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi direktori M.Botirov so‘zga chiqib, Farg‘ona davlat universiteti talabalarining vazirlik tizimida o‘tkazilayotgan tanlovlardagi ishtiroki va erishgan natijalari to‘g‘risida o‘zining tanqidiy fikrlarini bildirdi.
Vazir o‘rinbosari Y.Absoatov viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, bo‘lim boshliqlari va dekan o‘rinbosarlarini hamkorlikda ishlash tajribasini yo‘lga qo‘yishni takidlab o‘tdi.











Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan