Respublika ishchi guruhi rahbari U.Yusupov Navoiy viloyatida Qatagʻon qurbonlari merosini chuqur oʻrganish va ularni nomma-nom aniqlash borasida uchrashuv oʻtkazdi.

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabrdagi “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5598 – sonli farmoyishi yuzasidan respublika ishchi guruhi tashkil qilingan.
Ana shu farmoyishdan kelib chiqib, Navoiy viloyat hokimligining bayoni, chora-tadbirlar rejasi chiqarilgan boʻlib, viloyat miqyosida ishchi guruh hamda ilmiy ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.
2020-yilning 15-dekabr kuni Qatagʻon qurbonlarini aniqlash, ularning hayoti va faoliyati haqidagi maʼlumotlarni oʻrganish ishlarini tashkil etish boʻyicha Respublika ishchi guruhi aʼzosi, Navoiy viloyatiga biriktirilgan vakil, Oʻzbekiston Respublikasi “Uzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulugʻbek Mirtolipovich Navoiy viloyatida boʻlib, Viloyat ishchi guruhi aʼzoalri hamda ilmiy-ishchi guruh xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilinib, farmoyish yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Viloyat hokimining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari Y.Dushanov, shuningdek, ishchi guruh aʼzolari – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi, Viloyat hokimi maslahatchisi, Adliya boshqarmasi boshligʻi, Mudofaa ishlari va Favqulodda vaziyatlar boshqarma boshliqlari, Madaniyat boshqarmasi, NDPI va NDKI rektorlari, Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishchi guruh tarkibida kiritilgan.
Dastlab, Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori X.Qurbonov rahbarligida muzey faoliyati hamda muzey ekspozitsiyalari, unda aks etgan xotiralar va ashyolar bilan tanishtirildi.
Oʻzekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qarori bilan Navoiy viloyatida Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti binosi 1-qavatida umumiy maydoni 400 kv.metr boʻlgan 9 ta tematik boʻlimdan iborat Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil qilingan.
Ushbu muzey Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatagʻon qurbonari xotirasi muzeyi” tomonidan taqdim qilingan Namunaviy tematik reja asosida tashkil qilingan boʻlib, Qatagʻonlik yillarida Navoiy viloyati hududlarida, xususan Karmana, Xatirchi, Konimex, Nurota, Qiziltepa tuman arxivlari fondlarda maʼlumotlar mavjud.
Hozirda muzey fondida qatagʻonlar jarayonlariga oid:
Kitoblar – 40 dan ortiq
Arxiv hujjatlar nusxalari – 300 betdan ortiq
Oʻsha davrga oid arab imlosidagi kitoblar – 8 ta
Qatagʻon boʻlgan yurtdoshlar haqida maʼlumot va suratlar – 50 dan ortiq
Oʻsha davrlarga oid osori-atiqalar (uy-roʻzgʻor buyumlari, kiyimlar) – 80 dan ortiq
Sovetlar davridagi tanga va pullar – 50 dan ortiq
Navoiy viloyatining qadimgi davriga oid ashyolar – 10 dan ortiq
Kartina va suratlar – 10 dan ortiq
Sovetlar hukmronligi yillariga oid rasmiy matbuot – 50 sahifaga yaqin
Chor Rossiyasi va sovetlar hukmronligi yillariga oid suratlar (uylar, aholi turmushi, surgun jarayonlari, qatagʻonlar, tabiat va boshqa ) – 10 dan ortiq
Mustaqillik davriga oid suratlar – 50 dan ortiq
Qatagʻonlik davriga oid videoroliklar – 10 ga yaqin

U.Yusupovga ilmiy-ishchi guruh aʼzolari tomonidan 2020-yilning 10-oktyabrdan hozirga qadar Navoiy viloyatidan 1937-1938-yillarda qatagʻon qilingan quyidagi miqdorda yurtdoshlar aniqlanligi taʼkidlandi:
1. Karmana tumanidan – 77 nafar , Qiziltepa tumanidan – 68 nafar
2. Konimex tuanidan – 20 nafar, Nurota tumanidan – 20 nafar
3. Xatirchi tumanidan – 34 nafar,
Jami: 219 nafar qatagʻon qilingan Navoiyliklar aniqlandi va ushbu jarayon davom etmoqda.
Hozirda, ilmiy-ishchi guruh aʼzolari ikkinchi bosqichda, yaʼni 1931-1936-yillar boʻyicha ishlamoqda.
Ishchi guruh bevosita Oʻzarxiv agentligi, uning navoiy viloyati boshqarmasi hamda tuman davlat arxivlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, ishchi guruh oila va mahallani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi bilan uzviy hamkorlikda bevosita hududlarga chiqib, aholi xonadonlarida boʻlib, qatagʻon boʻlgan yurtdoshlarimizni avlodlari bilan ham uchrashib, faoliyat qilishmoqda.
Buning uchun hokimlik tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgan va Viloyat hokimi Q.Beknazarovichning shaxsan nazoratida turibdi.
Navoiy davlat pedagogika institut rektori B.Sobirovning topshirigʻi va tashabbusi bilan ushbu ishchi guruhga qoʻshimcha yana 8 nafar oʻqituvchi biriktirildi.
Bugungi kunga qadar 1937-1938-yillar “Qatagʻon qurbonlari” haqidagi kitobni yakunlab, respublika ishchi guruhiga topshirilgan.
Xozirda 1931-1936-yillar ustida ishlanmoqda.
Xatirchi, Nurota, Karmana, Qiziltepa, Konimex tuman davlat arxivlaridagi hujjatlar oʻrganilmoqda.
Shu kunga qadar Xatirchi tumanidan – 300 dan ortiq quloq xoʻjaliklar aniqlandi. Oʻrganish davom etmoqda (taxminimiz 800 ga yaqin)
Nurota tumanidan – 300 dan ortiq quloq xoʻjaliklari aniqlandi. (jumladan, bu davrga oid 15 ta yigʻma jild tahlil qilinmoqda.).
Karmana tumanidan – 300 dan ortiq taxmin qilinmoqda (18 ta jild oʻrganilmoqda, 150 tasi roʻyxatga olindi).
Qiziltepa va Konimex arxivlaridan maʼlumotlar olinmoqda.
Umuman 1930-1936-yillarda Navoiy viloyatidagi tumanlarda 1500 dan ortiq quloq xoʻjaliklarini aniqlash taxmin qilinmoqda.
Prezident Farmoyishi yuzasidan ilmiy-ishchi guruh tomonidan viloyat miqyosida “Inson-aziz_xotira-muqaddas” telegram bot kanali ishga tushirildi. Hozirda 390 nafardan yurtdoshimiz aʼzo boʻlib, qatagʻonlik siyosatiga oid maʼlumotlarni yoʻllamoqdalar.
Oktyabr-noyabr oylari davomida Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida turli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Buyuk ajdodlarimizning mangu jasorati oldida bosh egamiz”, Inson-aziz, xotira muqaddas”, “Xotira muqaddas” kabi mavzularda maʼrifiy-ekspozitsion tadbirlar tashkil qilindi.
Aynan Farmoyish ijrosi yuzasidan 4 ta koʻrsatuv suratga olindi (16 daqiqalik) va “Oʻzbekiston-24” telekanali orqali namoyish etildi.
Aminmizki, Prezidentimizning ushbu farmoyishlari ham Navoiy viloyatida namunadagidek ijro qilinadi va kelgusi yil 31-avgust “Shahidlar xotirasi” xiyobonidagi “Ramziy kitobda” navoiylik ajdodlarimiz ham munosib oʻrin olishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan