Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Respublika “Universiada – 2020” final bosqichi bo’lib o’tdi

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Respublika “Universiada – 2020” bosqichini futbol turi bo‘yicha Farg‘ona davlat universitetida 2020-yil 15-17-dekabr kunlari universitet sport sog‘lomlashtirish majmuasida o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Respublika “Universiada – 2020” bosqichini futbol turi bo‘yicha Farg‘ona davlat universitetida 2020-yil 15-17-dekabr kunlari universitet sport sog‘lomlashtirish majmuasida o‘tkazildi.
“Universiada – 2020” futbol musobaqasida Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.
15-dekabr kuni «Jizzax 3 – 0 Buxoro», «Qashqadaryo 0 – 1 Farg‘ona» viloyati futbol jamolari baxs olib bordi.
16-17-dekabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Abdusoatov, OTV huzuridagi ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Botirovlar musobaqa ochilishi va taqdirlash marosimlarida ishtirok etdilar.
3-o‘rin uchun 16-dekabr kuni Jizzax va Qashqadaryo viloyati vakillari o‘rtasida futbol turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. «Jizzax 3 – 4 Qashqadaryo» hisobida Qashqadaryo futbolchilari g‘alaba qozonib musobaqaning 3-o‘rinini qo‘lga kiritdi.
17-dekabr kuni final bosqichiga start berildi. Finalda Farg‘ona hamda Buxoro futbolchilari baxslashdilar. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan futbol musobaqasida Farg‘ona futbol jamosi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Gʻolib jamoalar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.












Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan