O‘zDJTSUga Janubiy Koreyaning favqulodda va muxtor elchisi Kan Dje Kvon tashrif buyurdi

17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Dje Kvon tashrif buyurdi.
Dastavval elchi janoblari universitetda sportchi talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng universitet rektori M.Boltabayev va mehmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati, oliy ta’lim muassasalarining o‘rni, o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi xususida so‘z yuritildi. Hamkorlik ko‘lami bo‘yicha taklif-mulohazalar bildirildi hamda uni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Shuningdek, uchrashuvda mehmonlarga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha taqdimot qilindi.
Uchrashuv yakunida mehmonlarga estalik sovg‘alar topshirildi. O‘z o‘rnida elchi janoblari Kan Dje Kvon taekvondo ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun universitetga qiymati 50 million so‘mdan ortiq bo‘lgan dobok, protektor, mitta va boshqa sport anjomlarini sovg‘a qildi.
Ma’lumot uchun 2008-yildan buyon universitetida taekvondo ta’lim yo‘nalishga talabalar qabul qilinib kelinmoqda. Shu yillar davomida mazkur yo‘nalish bo‘yicha 352 nafardan ortiq oliy ma’lumotli mutaxassilar universitetni tugatib Respublikamizni turli viloyatlarida o‘z faoliyatlarini muvaffaqiyatli olib bormoqdalar. Hozirgi kunda taekvondo ta’lim yo‘nalishda 310 nafardan ortiq talaba yoshlar tahsil olib kelmoqda.
Shuni faxr bilan aytishimiz mumkinki, taekvondo mutaxassisligini tugatgan talabalar orasida xalqaro toifadagi sport ustalari, Olimpiyada o‘yinlari ishtirokchilari, jahon chempionati sovrindorlari va Osiyo o‘yinlari g‘oliblari ham bor. Xususan Akmal Irgashev, Yevgeniya Karimova, Dirgach Irina, Jasur Boykuziyev hamda Nikita Rafalovich shular jumlasidandir.
Shuningdek, universitetda bir necha yillardan buyon Janubiy Koreyalik professor Baek Mun Jong samarali mehnat qilib talabalarga taekvondo sport turi bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar olib bormoqda.








Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan