Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali xodimlari o‘rtasida «Sport-salomatlik kuni» shiori ostida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov musobaqani ochib berib, barcha ishtirokchilarga samimiy omad tilab o‘tdi. Mazkur musobaqa filial kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirildi. Unga filial professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etishdi. Xodimlar o‘rtasidagi bellashuv qizg‘in tarzda kechdi. Barchamiz yaxshi bilamizki, shaxmat musobaqasi aqliy salohiyatni rivojlantirish va uni charhlashda yaxshi omil bo‘ladi. Baxs va munozaralarga boy bo‘lgan musobaqa davomida barcha ishtirokchilar o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdilar. Barchaga birdek a’lo kayfiyat bag‘ishlagan musobaqa yakunida 1-o‘rin — A.Primbetovga nasib etgan bo‘lsa, G.Eshmuratova 2-o‘rin hamda Sh.Babanov 3-o‘rinni egalladilar. Barcha ishtirokchilar musobaqa qiziqarli va do‘stona tarzda bo‘lib o‘tganligini ta’kidlashdi. G‘oliblar filial kasaba uyushmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tabrik bilan birgalikda diplom va sovg‘alarni J.Xalmuratova hamda G.Qazaxbaevalar o‘z egalariga topshirdilar. Albatta, bunday musobaqalarning tashkillashtirilib turishi filial xodimlariga faqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.


Filial matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan