Vazir o’rinbosari va markaz direktori O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga tashrif buyurdi.

2020-yil 17-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Absoatov Yusuf Qodirovich O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida filialning faoliyati, moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari va mahorat xonalari bilan yaqindan tanishdi. Shu qatori filialning iqtidorli talabalari bilan uchrashib ularning ijod namunalari bilan tanishdi. Filialning raqs xonalari, sahna nutqi xonasi, aktyorlik mahorati xonalari, ashula va raqs, folklor va etnografiya xonalari, qo‘g‘irchoq yasash xonasi, ovoz yozish studiyasi, axborot-resurs markazi, kompyuter markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.









Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan