Bugun Poytaxtimizda “Toshkent yoshlar forumi — 2020” start oldi.

3 kun davom etadigan mazkur katta anjumanning ochilish qismida mamlakatimiz boʼylab noyabr-dekabr oylarida oʼtkazilgan yoshlar oyligining ahamiyati borasida gapirilib, ommaviy tadbirlar jarayonida tugʼilgan yangi gʼoyalar boshlandi, ijodkorlari alohida eʼtirof etildi. Yoshlar forumida Toshkent tibbiyot akademiyasining izlanuvchan yoshlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Ular ikki kun davomida tengdoshlari bilan qiziqarli uchrashuv va suhbatlar, yangi formatdagi debatlarda
taʼlim va sogʼliqni saqlash tizimidagi istiqbolli rejalar, Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi, keyingi 10 yillikda biz guvohi boʼldigan innovatsion oʼzgarishlar, “Raqamli Toshkent – 2030”, “Poytaxtning moliyaviy kelajagi va zamonaviy qiyofasi – 2030” kabi maʼruzalarni tinglab qizgʼin, ochiq muloqotlar ishtirokchisiga aylanadilar.
Matbuot anjumanida, yoshlarni toʼgʼri yoʼlga solsak, ularning arzimasdek koʼringan bugungi kichik ishlari, ertaga katta loyihalarga sabab boʼlishi aytildi. Bugun ularga koʼrsatilayotgan cheksiz eʼtiborimiz bois, Oʼzbekiston yoshlari dunyoga tanilib, elga nafi tegadigan inson boʼlib shakllananishiga ishonch bildirildi.

Gulchehra Mirzayeva, Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan