Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Yusuf Absoatov Qo‘qon davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Yusuf Qodirovich Absoatov Qo‘qon davlat pedagogika instituti bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Qosimov hamrohligida institut ichki hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Y.Absoatov Qo‘qon davlat pedagogika instituti 1-talabalar turar joyida hozirda istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan do‘stona suhbat o‘tkazdi.

Mazkur suhbatda:
👉Prezidentimizning yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilish hamda mamlakatda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizmi shakllantirish natijalari;
👉Muhim besh tashabbusning har bir yo‘nalishini institutda tizimli amalga oshirish bo‘yicha vazifalar;
👉“Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid masalalar;
👉“2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da Institut miqyosida amalga oshirilgan ishlar tahlili bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan