Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatovning Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrifi

Joriy yilning 17-dekabr kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida vazir o‘rinbosari Yusuf Absoatov va vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Mirzohid Botirov tashrif buyurdilar. Mehmonlarni institut rektori G.N.Sultanov, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor M.Botirov kutib oldi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif chog‘ida institut tashkillashda olib borilayotgan ishlar, o‘quv jarayonlari, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ma’naviy-ma’naviy ishlar samarodorligi va natijadorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlar, internet tarmoqlari bilan ta’minlanganligini tahlil qildilar. Tashrif chog‘ida Yoshlar ittifoqi BT xonasida iqtidorli talabalar bilan suhbatlashdilar, dars jarayonlariga guvoh bo‘lishdi. Jumladan “Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi G. Axmadaliyevaning “Hayot faoliyati xavfsizligi va fuqaro muhofazasi” darsida talabalar bilan suhbat o‘tkazdilar. Suhbat chog‘ida talabalar ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida, Prezident farmoniga binoan xorij oliy ta’lim muassasasidan o‘qishni ko‘chirish jarayonlaridagi qulayliklar uchun minnatdorchilik bildirdilar. Vazir o‘rinbosari Yu. Absoatov tomonidan talabalarga kelgusida maktab o‘quvchilari va oliy ta’lim talabalari uchun QR-kodli uchun elektron qo‘llanmalar tayyorlash masalasida taklif berildi. “Tibbiy Kimyo va biologiya fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Y. Baltayeva Pokistonlik talabalarga ingliz tilida olib borayotgan biologiya darsiga kirishdi. Pokistonlik talabalar O‘zbekistonda tahsil olayotganliklaridan xursand ekanlikliklarini, ularga yaratilgan shart-sharoitlardan minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
Ta’lim muassasasidagi Axborot resurs markaziga kirib, kitoblar va elektron kitoblar bilan ta’minlangan xolatini ko‘zdan kechirdilar. Kutubxonaning axborot markazida darsga tayyorlanayotgan talabalar bilan suhbatlashdilar. Tashrif so‘ngida yangi tashkillangan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining kelgusidagi o‘quv va ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, xalqimiz dardiga malham bo‘la oladigan yetuk shifokorlar yetishishida zafarlar tiladi.





Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif chog‘ida institutda tashkil etilgan “Nastarin” talabalar teatr studiyasi “Ma’rifatli yoshlar-yurt ko‘zgusi” shiori ostida o‘tkazilgan talabalar teatr studiyalari festivalining Respublika final bosqichida birinchi o‘rinni egallaganligi bilan taqdirlash marosimi tashkil etildi. Farg‘ona viloyat Rus drama teatr sahnasida vazir o‘rinbosari Y.Absoatov va Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori M.Botirov va rektor G.N.Sultanov iste’dodli talaba yoshlarni faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladilar. Taqdirlash marosimidan so‘ng “Nastarin” talabalar teatr studiyasi tomonidan iste’dodli rejissyor Azima Yuldasheva tomonidan sahnalashtirgan “Oq terakmi-ko‘k terak” spektakli namoyish etildi. Ushbu spektakl muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 1-tashabbusi ijrosini ta’minlashda, yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, hozirgi kunda yoshlarimiz orasida uchrab turayotgan muammolar yoritilgan. Spektakl namoyishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Spektakldagi qahramonlarni Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi, Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi, Davolash ishi yo‘nalishi, Pediatriya yo‘nalishi, Biotibbiyot muhandislik ishi yo‘nalishi talabalar mahorat bilan ijro etdilar. Nuriddinov Muxriddin, To‘xtanazarov Dustmuxammad, Raximova Sayyora, Obidjonova Xavasxon, Xudoyberdiyeva Nigora, Axmadaliyeva Guloyim, Akbaraliyeva Gulrux, Tolkinov Axmadjon, Axmadjonova Sarvinoz, Toshmatov Asadbek, Nuriddinov Umidjon, Salimov Bekzod, Tojiyev Xudoberdi, Ibragimov Obidjonlar talabalar teatr studiyasining iqtidorli faol a’zolaridir, ular nafaqat jamoat ishlarida balki o‘qishlarda ham yuqori natijalarga erishib kelmoqdalar



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan