O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti “MDHning eng yosh olimi-2020” g’olibi

Qozog‘istonning Nursulton shahrida o‘tkazilgan “MDHning eng yosh olimi-2020” xalqaro tanlovida 14 ta davlat ichida “Huquqshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)” magistranti Sarvarbek Jumayev 1-o‘rinni egalladi. Gʻolib tanlovning diplomi va medali bilan taqdirlandi.
Ilmiy rahbari “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri, professor Akbar O‘tamuratov xalqaro tanlovning maxsus diplomi bilan taqdirlandi.

Ustoz A.O‘tamuratov va iqtidorli magistrant S. Jumayevni yutuqlari bilan universitet yoshlari, Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari nomidan tabriklaydi.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan