2020-yil 13-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov Navoiy viloyatidagi OTM rektorlari, akademik litseylari direktorlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik liseylarga saralab olish, ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish kabi masalalar nechog‘li dolzarb ekanligi aytildi.
Shuningdek, moddiy texnik bazani yaxshilash, o‘quvchilarga yetarli bilim berishda barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Joriy yilda lisey bitiruvchilarning 94%i OTMlariga o‘qishga kirgani alohida e’tirof etildi.