Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut rahbariyati tomonidan maktablarda mahorat darslari tashkil qilindi.

Joriy yilning 22-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut rahbariyati tomonidan maktablarda mahorat darslari tashkil qilindi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat akademik litseyi hamda Sirg‘ali tumanida joylashgan 237, 266, 267, 269, 304, 322-sonli umumta’lim maktablari hamda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 12, 17, 29, 42-maktablari institut faoliyatiga biriktirilgan bo‘lib, institut jamoasi yuqoridagi maktablar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Mazkur hamkorlik ishlari yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 30-oktyabrdagi “Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari” muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishi hamda 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
Institut professor-o‘qituvchilari hozirda maktablarda bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun matematika, informatika, fizika va kimyo fanlaridan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari o‘tishmoqda. Tikuvchilik, dizaynerlik kasblari bo‘yicha qo‘shimcha to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, maktab bitiruvchilarining bilim saviyasini va ularning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish hamda bitiruvchi qizlarni kasb-hunarga o‘rgatishdir.
Ushbu mahorat darslari O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining informatsion dasturlarida muntazam yoritib borilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan