Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida “Mohir qo‘llar” ko‘rgazmasi tashkil etildi

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialida besh muhim tashabbus doirasida talaba-qizlar ishtirokida “Mohir qo‘llar” ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unga Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi A.Seytkamalov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Eshmuratova, filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. A.Seytkamalov ko‘rgazmani ochib berib, ishtirokchilarni tabriklab o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad filialda tahsil olayotgan talaba qizlarning iqtidori va hunarini yuzaga chiqarishi uchun qulay imkoniyat yaratish hamda ularning qo‘l mehnatlarini namoyish etishlarini ta’minlashdan iborat. “Mohir qo‘llar” ko‘rgazmasida iqtidorli qizlarimizning ijod namunalaridan rassomlik, kashtachilik, har xil liboslar, bosh kiyim va taqinchoqlar namoyish etildi. Ularning qo‘l mehnati asosida yaratilgan bir-biridan ajoyib ijod namunalariga qarab turib, baxri-dilingiz ochiladi. Ko‘rgazmada o‘z ishlari bilan ishtirok etgan Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari yo‘nalishining 1-bosqich 212-guruh talabasi G.Beknazarova, Zooinjeneriya:Yilqichilik va tuyachilik yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Y.Xudiyarova, Veterinariya medisinasi yo‘nalishining 2-bosqich talabasi A.Aytniyazova hamda Zooinjeneriya:Baliqchilik yo‘nalishining 2-bosqich talabasi L.Yaqipbaevalar turli nominasiyalar bo‘yicha diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Iqtidorli talaba yoshlar mana shu tarzda rag‘batlantirib borilsa hamda ularga o‘z salohiyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratilsa ular yanada g‘ayrat bilan o‘z iqtidorini rivojlantirishga harakat qiladilar. Bugungi ko‘rgazma a’lo darajada va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.






Filial matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan