“INTILISH” Respublika axborot taʼlim markazi Sil kasalligini oldini olish va davolash sohasida davlat buyurtmasining ahamiyati, bu boradagi ishlarni tartibga solish, oʼrganishlar borasidagi ijtimoiy yakuniy hisobot seminarini oʼtkazdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami koʼrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida qarori bilan Nodavlat-notijorat tashkilotlarini silga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilish, shu bilan birga sil kasalligini yuqtirib olish xavfi yuqori boʼlgan shaxslarga (bolalar, muloqotdagi shaxslar, somatik profildagi bemorlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va boshqalar) ijtimoiy-ruhiy koʼmak berish belgilab qoʼyilgandi.

“INTILISH” Respublika axborot taʼlim markazi Sil kasalligini oldini olish va davolash sohasida davlat buyurtmasining ahamiyati , bu boradagi ishlarni tartibga solish, oʼrganishlar borasidagi ijtimoiy yakuniy hisobot seminarini oʼtkazdi.
Mutaxassislarning xulosalarini eshitish va sharhlar taqdim etish jarayonida:
-Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami davolash-profilaktika muassasalarida latent silni tashxislash va preventiv davolashga yondashuvlarni aniqlashning yangi tizimi yaratilganligi aytildi.
-Davlat byudjeti parametrlari doirasida Sil immunodiagnostikasining, shu jumladan tuberkulinodiagnostika, diaskin test, kvantiferon testning zamonaviy usullari tatbiq etildi. «Sogʼliqni saqlash» sohasi boʼyicha harajatlanadigan byudjet mablagʼlari doirasida OITS, sil va bezgakka qarshi kurash (sil komponenti) Global jamgʼarmasi grant mablagʼlari GDF (Global drug facility) sertifikati bilan tasdiqlangan silga qarshi dori vositalarini markazlashgan asosda xarid qilish ishlari yoʼlga qoʼyilganligi borasidagi axborot eshitildi.
Sotsiologik tadkikot markazi direktori: Furkat Olimov bizga bergan intervьyusida Silga karshi kurashda dalat tashkilotlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari xam birday masʼul ekanligini taʼkidladi. Seminar ishida 2016 yilda start berilgan xalqaro grant loyixasi doirasidagi ishlarning xisobot natijalari eshitildi. Mazkur grant loyihasi asosida shu davrga qadar Oʼzbekiston xududida sil kasalliklari muammosini bartaraf etish maqsadida ijtimoiy-psixologik yordamlar koʼrsatildi. Loyihaning navbatdagi bosqichi davlat subsidiyalari ajratish yoʼnalishidagi ijtimoiy buyurtmalarni bajarishga yoʼnatirilgan. Seminarda ekspert va mutaxassislarning olib borgan ilmiy tadqiqot natijalariga oid xulosalari eshitildi. Oliy majlis konunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, respublikamizning yetakchi ftiziator- pulьmonolog vrachlaridan iborat 30 nafar ekspertlarining yakuniy xulosalariga koʼra loyiha amaliyotida qator kamchiliklar mavjudligi aytildi. Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaning kun sayn kuchaytirilayotgani, bu borada barcha imkoniyatlar yaratilayotganinga qaramasdan nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda hanuzgacha oqsoqlik sezilayotgani ochiq oydin aytildi. Xususan sil kasalligining oldini olish va davolashdagi xalqaro grant loyihalari borasidagi aniq xarakat dasturlarini qoʼllashda hamjihatlik yetishmayotganligi tanqid qilindi. Ftiziatriya va pulьmonologiya xizmatini takomillashtirish borasidagi un va qonunosti xujjatlari boʼla turib, hamon uni amalyotda qoʼllash mexanizmi hamon paysalga solinayotganligi taʼkidlandi.
Seminar ishida odamlarning ijtimoiy himoyasi, qalaversa inson huquqlari masalasi bilan koʼndalang boʼlib turgan ijtimoiy muammolar yechimiga kim masʼul degan savol oʼrtaga tashlandi. Tadkikotlar buyicha ekspertlar tomonidan ishlab chikilgan xulosalarni joylarga, mutassaddi tashkilotlar eʼtiboriga xavola etish borasida axborot berildi. Ijtimoiy psixologik xizmatlar borasidagi ijtimoiy loyihalarga davlat va nodavlat – notijorat tashkilotlari birday masʼul boʼlishi yana bir bor eslatildi. INTILISH» Respublika axborot taʼlim markazi tashabbusi bilan oʼtkazilgan davra suhbatida tashkilotning Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Namangan va Toshkent shahri va viloyatlari boʼlimlari mutassaddilari ishtirok etdilar.

GULChEXRА MIRZАEVА
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan