TTYESI: “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarori hamda Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 3-dekabrdagi 630-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 4-yanvar kuni “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida fakultetlararo an’anaviy 58-salomatlik spartakiadasi musobaqalari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad professor-o‘qituvchi va xodimlarni jismoniy-tarbiya va sportga jalb qilish, ularning sog‘liklarini sport orqali yanada mustahkamlash hamda jismoniy madaniyatni aholi o‘rtasida keng ommalashtirishdan iboratdir.
Ushbu musobaqa Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev va bevosita “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi. Musobaqaning bosh hakami “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri Nurjon Asilbekov.
Musobaqalarga institut va TTYeSI qoshidagi akademik litsey xodimlari ham jalb qilingan bo‘lib, 4-yanvardan 9-yanvargacha sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilib boriladi. Birinchi kundagi musobaqa erkaklar o‘rtasida stol-tennisi va ayollar o‘rtasida esa shaxmat-shashka sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Institut rektori Ilhom Sabirov musobaqa ishtirokchilariga omad tilab, 1, 2, 3-o‘rin sohiblari musobaqa so‘ngida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan pul mukofoti hamda turli xil esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishini aytib o‘tdilar. Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat yor bo‘lsin. Sport hamda sog‘lom turmush-tarzi barchamizga doimo hamroh bo‘lsin.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan