AQSHning Vinrok xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish institutining O’zbekistondagi filiali davlat ro’yxatidan o’tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan 6-yanvar kuni bosh tashkiloti AQShda joylashgan Vinrok xalqaro qishloq xo’jaligini rivojlantirish institutining O’zbekiston Respublikasidagi filiali davlat ro’yxatidan o’tkazildi.

Filialning asosiy maqsad va vazifalari – ovqatlanish va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni yaxshilashga, oziq-ovqat, tola va yoqilg’igi, shu jumladan chorvachilik, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tarqatish hamda tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirishga ko’maklashishdir.

Shuningdek, filial Amerika Qo’shma Shtatlari Xalqaro Rivojlanish Agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” (SMICA, 2019-2024) loyihasini amalga oshirishga ko’maklashadi. O’zbekistonda odam savdosining oldini olish, omon qolganlar jabrlanuvchilarni himoya qilish, xavfsiz migratsiyaga ko’maklashish, xavf ostida bo’lgan aholi qatlamining odam savdosining barcha shakllariga nisbatan zaifligini kamaytirishga hamda odam savdosi jabrlanuvchilariga yordam berish va aniqlash  usullarini rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan ushbu loyiha byudjeti 2.346.054 AQSH dollarini tashkil etadi.

Filial joylashgan manzil: 100077, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Chust ko’chasi, 1-uy.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan